TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod · 282 subscribers
Post #396 686
💰 Hayotda eng muhim narsa — moliyaviy erkinlik!

Profilimdagi eski rasmlarni ko’zdan kechirar ekanman, Zomin tog’larida do’stlarim bilan tushgan suratlarimga ko’zim tushdi. 🌄 Ular menga o’sha lahzalardagi zavqni yana bir bor eslatdi: havoning tozaligi, muammolardan yiroq, kengliklarda bemalol suhbatlar qurib, ovqat tayyorlaganimiz, ertalab uyg’onib sariyog’li patirning lazzatini birga totganimiz… 😌

Bu unutilmas tajribani yana bir bor takrorlagim keldi. Lekin, afsuski, barchamiz ishlaymiz, vaqt har doim yetishmaydi.

O’shanda yana bir bor angladimki: hayotda eng muhim narsa bu moliyaviy erkinlik. Chunki moliyaviy erkinlik hayotimizni o’zgartiradi — u bizga vaqtni sotib olish imkonini beradi. ⏳

Bu erkinlik tufayli, doim “vaqt yo’q” deb yuradigan ishlarni bemalol bajarish mumkin bo’ladi. Kim uchundir bu — do’stlari yoki oilasi bilan sayohat qilish, yangi bilimlar o’rganish, qiziqqan hobbilarga vaqt ajratish yoki o’zi sevgan biznesni rivojlantirishdir.

Bularning hammasi uchun vaqt yoki vaqt va pul kerak, va bunga faqat moliyaviy erkinlik orqali erishish mumkin.

📚 “The Psychology of Money” kitobida aytilganidek, baxt — bu “istalgan vaqtda, istalgan joyda, istalgan odam bilan, istagan ishingizni istagancha vaqt qilish” imkoniyatida. Bu ayni haqiqat!

Shunday ekan, “orqangizni ko’taring”! 💪 Zarurat tug’ilsa, ikki barobar ko’proq mehnat qiling, o’z ustingizda ishlang, yaxshiroq natijalarga intiling, yaxshiroq kod yozing, qo’shimcha mas’uliyatlarni o’z zimmangizga oling. Toshbaqaga o’xshab yurmang. Sog’lig’ingizni ham unutmagan holda, kerak bo’lsa barcha talab qilingan qadamlarni tashlang va o’sha “lanati” moliyaviy erkinlikka erishing. 🔑

Keyin esa, qolgan hayotingizni o’zingiz xohlagan qoidalarga asoslangan holda yashang. 🗝️

Tamom!

@devfarhod
  • 🔥 12
  • 👍 5
  • ⚡ 1
More from @devfarhod
  1. Oct 7, 20265-kun. Alhamdulillah. Shu kunlarda kam-kam, biroq davomli qilishning kuchini ham sportda h…
  2. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  3. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  4. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. “Ana endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  5. Oct 2, 2026Qo‘pol qilib aytganda, to‘g‘ri nazariya bo‘lmasa, tezroq mashinalar shunchaki noto‘g‘ri ja…
  6. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →