"Odamlar nima deydi?" - yoxud maqsaddan og'ishmaslik strategiyasi!
Ko’pincha maqsad qo’yganda, ishni boshlash oson bo’lib tuyuladi, lekin uni intizom bilan davom ettirish oson emas. Bu holat o’zimda ham ko’p kuzatilgan.
Ko’p marta maqsad qo’yib, lekin undan chalg’imasdan, izchil davom ettirish juda qiyin bo’lgan. Shu sababli bu borada izlanib, turli strategiyalarni o’rgandim va ular orasida eng samaralisi – “Accountability Partner” (javobgarlik sherigi) bilan ishlash bo’ldi.
Bu qanday ishlaydi?
Qisqasi, qo’ygan maqsadingizni kim bilandir bo’lishing, u inson oldida o’zingizni javobgar his qilishingizga sabab bo’ladi. Bu sizga intizomli bo’lishga va maqsaddan chetlashmaslikka yordam beradi.
Nega bu ish beradi?
Chunki endi siz maqsadingizdan og’ishsangiz, o’sha odam oldida mas’uliyatsiz odam bo’lib ko’rinishdan xavotirga tushasiz. Aslida, “Odamlar nima deb o’ylasa, o’ylayversin” desak ham, biz hammamiz ma’lum darajada ular fikrini hisobga olamiz. Shu sababli, “Accountability Partner” strategiyasi hayratlanarli darajada samarali.
Mening javobgarlik sherigim bu – ayolim. Katta maqsadlarimni u bilan bo’lishaman va uning oldida ishonchsiz turmush o’rtoq bo’lib qolmaslik uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.
Yangi loyiha – sohaviy “challenge”lar!
Yaqinda Dev Farhod guruhida “Accountability Partner” strategiyasiga asoslangan “challenge” lar qilishni rejalashtiryapman. Oldin ham “challenge” o’tkazgan edim, lekin aniq strategiya yo’qligi sababli samarali bo’lmagan. Bu safar yaxshi tayyorgarlik bilan muvaffaqiyatga erishamiz deb umid qilaman! 🙌
Agar qiziqayotganlar bo’lsa, fikrlaringizni qoldiring. Ko’pchilik qiziqish bildirsa, rejani ishlab chiqib, boshlaymiz!
@devfarhod
Post #388
411