TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod Β· 282 subscribers
Post #375 499
🌟 OpenAI dan yana bir yangi model! 🌟

Hozirgina bilib qoldim, ChatGPT'ga yangi model qo'shibdi β€” "GPT-4 with Canvas"! πŸŽ‰ Bu model bilan matn va kod yozishda odatiy chatdan tashqari bir qancha qulayliklarga ega ekansiz.

O'zim sinab ko'rdim va endi quyidagi qo'shimcha vazifalarni ham bajara olasiz:

- 🧐 Kod tahlili (Code Review): Model yozgan kodingizni tahlil qilib, fikr-mulohazalar qoldiradi. πŸ“ Birgina "Apply" tugmasini bosish orqali bu fikr-mulohazalarda aytilgan o'zgarishlarni amalga oshirishingiz mumkin.

- πŸ”„ Dasturlash tilini o'zgartirish: Bir dasturlash tilidan boshqasiga o'tkazishni bir tugma bilan amalga oshirishingiz mumkin. πŸš€ Bu biz yozgan promptlardan ancha aniq va tezroq ishlaydi!

- 🐞 Xatolarni tuzatish (Debug): Xatolarni aniqlash va tuzatishni ham bir tugmani bosish bilan amalga oshirasiz.

- πŸ’¬ Log va izohlar qo'shish: Loglar va izohlarni qo'shishni ham juda oson bajarishingiz mumkin.

Qarang, Suniy Intellekt qanchalik tez rivojlanmoqda! 😲 Ilgari funksiyalarga mos nom topishda qiynalar edik, izohlar yozish va dokumentatsiya qilish haqida gapirmasa ham bo'ladi. Endi esa bu juda oson. 🎊

Yaqin kelajakda yashash tarzimiz yanada osonlashib, ish jarayonlarimiz tubdan o'zgaradi. πŸŒπŸ€–

Siz ham bu yangi modelni sinab ko'rdingizmi? Fikr-mulohazalaringizni bo'lishing! πŸ‘‡
  • πŸ‘ 4
More from @devfarhod
  1. Oct 7, 20265-kun. Alhamdulillah. Shu kunlarda kam-kam, biroq davomli qilishning kuchini ham sportda h…
  2. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  3. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  4. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. β€œAna endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  5. Oct 2, 2026Qoβ€˜pol qilib aytganda, toβ€˜gβ€˜ri nazariya boβ€˜lmasa, tezroq mashinalar shunchaki notoβ€˜gβ€˜ri ja…
  6. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’