TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod Β· 282 subscribers
Post #372 611
Men qaytdim! πŸ™Œ

Assalomu alaykum! πŸ‘‹ Uzoq tanaffusdan so'ng, blogimga qaytdim. Bu vaqt mobaynida nimalar sodir bo'ldi?

Hayot yo'limda adashdim. πŸ˜• Atrofdagi voqealarni kuzatib, "biror startup yoki biznes boshlashim kerak, korxonada ishlab boy bo'la olmayman" degan fikr hayolimdan ketmadi. Natijada, asosiy ishim bilan birga proyektdan proyektga sakrab yurdim. πŸ€Ήβ€β™‚οΈ

"The Psychology of Money" kitobini o'qib, qarashlarim tubdan o'zgardi va yangi hayot yo'nalishini belgiladim. Bu tajriba menga shuni o'rgatdiki, haqiqiy muvaffaqiyat shaxsiy va professional hayotning muvozanatidadir.

Endi maqsadim multi-millioner bo'lish emas, balki hayotdan zavq olib πŸ˜ƒ, sayohat qilib ✈️, yangi tajribalarni sinab ko'rish πŸ§—β€β™‚οΈ, sog'lom bo'lish πŸ’ͺ va oilamga ko'proq vaqt ajratish πŸ‘¨β€πŸ‘©β€πŸ‘§β€πŸ‘¦.

Moliyaviy erkinlik uchun ikki narsaga e'tibor qaratmoqchiman: kariyeramni rivojlantirish va aktiv sarmoya qilish. Hayotimni turli ishlar bilan murakkablashtirmayman. Sizlarga ham o'z qadriyatlaringizga sodiq qolib yashashni tavsiya etaman. πŸ™

Yuqoridagi kitobni o'qib, maqsadlarimiz doim o'zgarishini angladim. Hozirgi maqsadlarim yana o'zgarishi mumkin β€” bu tabiiy jarayon.

Sizlarda qanday yangiliklar bor? 😊
  • πŸ‘ 13
  • πŸ”₯ 2
  • πŸŽ‰ 2
More from @devfarhod
  1. Oct 7, 20265-kun. Alhamdulillah. Shu kunlarda kam-kam, biroq davomli qilishning kuchini ham sportda h…
  2. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  3. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  4. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. β€œAna endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  5. Oct 2, 2026Qoβ€˜pol qilib aytganda, toβ€˜gβ€˜ri nazariya boβ€˜lmasa, tezroq mashinalar shunchaki notoβ€˜gβ€˜ri ja…
  6. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook β†’Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 β†’