FOUC haqida eshitganmisiz?
FOUC - Flash of Unstyled Content, so'zlarining qisqartmasidan olingan. Bu saytga tashrif buyurganingizda dizayn elementlari biroz kechikib yuklanish muammosi hisoblanadi.
Soddaroq qilib aytganda qisqa muddat davomida vebsayt to'liq yuklanmagandek, uning elementlari aralash quralash bo'lib yotgandek ko'rinadi.
Veb dasturchilar buning oldini olish uchun, "loading spinner" ko'rsatishadi, asosiy dizayn elementlarini birinchi yuklashadi yoki katta dizayn fayllarini tezroq yuklanishi uchun kichikroq qismlarga ajratishadi.
O'rganib qo'ying, kimdir savollarda bu terminni ishlatib qolsa, hijolat bo'lib qolmaysiz.
Siz bu muammoga oldin duch kelganmisiz?
Kanalga ulanish: @devfarhod
Post #321
756

- 👍 6
- 👏 1