TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod · 281 subscribers
Post #195 2.23K
Kuchli dasturchi bo'lish uchun dokumentatsiya o'qishni odat qiling

Dasturlashni o'rganishda eng ko'p qo'yiladigan xatolardan biri umuman yoki kam dokumentatsiya o'qish!

Video darsliklar orqali o'rganish anchayin oson va tushinarli bo'lganligi tufayli, barcha boshlovchilar umuman dokumentatsiya o'qimay qo'yadi.

Agar siz ham shunday yondashuvdan foydalanayotgan bo'lsangiz, uslubingizni o'zgartiring.

Video darsliklar orqali umumiy tushunchani o'rganing, so'ng esa o'rgangan har bir tushinchangiz mavzusini dokumentatsiyadan o'qing, shunda eng sahih ma'lumotlarni olasiz.

Ingliz tilini bilmayman-ku! 🤔

Bugungi kunda bu bahona bo'la olmaydi. Rus tilini bilsangiz, rus tilida o'qing yoki Google Translate bilan butun sahifani tarjima qiling.

Ba'zi dokumentatsiyalarning hatto O'zbek tiliga tarjimasi ham bor. Misol uchun Git.

P.S: Agar shunda ham tushinmasangiz, unda guruhda mendan so'rang. Qo'limdan kelgancha yordam beraman.

👉 @devfarhod
More from @devfarhod
  1. Oct 7, 20265-kun. Alhamdulillah. Shu kunlarda kam-kam, biroq davomli qilishning kuchini ham sportda h…
  2. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  3. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  4. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. “Ana endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  5. Oct 2, 2026Qo‘pol qilib aytganda, to‘g‘ri nazariya bo‘lmasa, tezroq mashinalar shunchaki noto‘g‘ri ja…
  6. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →