TGViewer
Dev Farhod Dev Farhod @devfarhod · 281 subscribers
Post #193 2.14K
Kamroq amaliy proyekt qiling

Kuchli dasturchi yoki dizayner bo'lish haqida ko'plab strategiyalar mavjud. Eng ko'p beriladigan maslahat - "Ko'proq amaliy proyekt qil".

Biroq men: "Kamroq amaliy proyekt qiling" - deyman.

NEGA?

Sababi ko'p proyekt qilganingizda ishning mayda detallariga kam e'tibor qaratasiz. Misol uchun test - sinov kodini yozmaysiz, dizayn tizimi yaratmaysiz va h.k.

Natijada ishning 90% ini tugatasiz. Aslida qolgan 10% sizni professional qiladi. Shu 10% ni hamma ham qila olmaydi. Qila olganlar esa, senior hisoblanadi.

Buning o'rniga kam proyekt qiling. Bitta proyekt qiling. Biroq proyektning barcha qismlarini mukammal tarzda, aynan shu yerga mos tushuvchi strategiyalardan foydalanib bajaring. Qayta va qayta refactor - kodni ixchamlashtiring.

Sizni professional qiluvchi 10% ni qiyin bo'lsa ham bajaring.

Shunda siz ishlatayotgan texnalogiyangizni chuqur tushina olasiz.

P.S. Hech qachon shoshilmang, tartib va intizomga qatiy amal qiling. Shunda eng tez bo'lasiz.

👉 @devfarhod
More from @devfarhod
  1. Oct 7, 20265-kun. Alhamdulillah. Shu kunlarda kam-kam, biroq davomli qilishning kuchini ham sportda h…
  2. Oct 6, 2026Har doim ruchka va daftar olib yuring. Agarda o'qigan narsangizni haqiqatda tushinishni is…
  3. Oct 4, 2026Stol ustida laptop. Ekranda - yana bir prompt. Miyyamda esa - 23 ta "eslab qol" emas, balk…
  4. Oct 2, 2026Cursor Projects chiqqanda. “Ana endi context ni qayta va qayta har bir agentga aytishim sh…
  5. Oct 2, 2026Qo‘pol qilib aytganda, to‘g‘ri nazariya bo‘lmasa, tezroq mashinalar shunchaki noto‘g‘ri ja…
  6. Sep 25, 2026AI ishonchsiz software yaratadi. Nega? Asosiy sabab, AI kod yozishda "to'g'ri software" em…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →