Nima bu UI/UX dizayn?
UI - User Interface, foydalanuvchi interfeysi.
UX - User Experience, foydalanuvchi tajribasi.
User Interface dizaynerlar mahsulot elementlarining ko'rinish dizaynini ishlab chiqishadi.
User Experience dizaynerlar esa mahsulotning psixologik jihatlarini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi va uning psixologiyasi haqida ma'lumotlar to'playdi, raqobatchilarni tahlil qiladi, mahsulotdan foydalanish jarayonini ishlab chiqadi va h.k.
Mahsulot raqamli yoki haqiqiy obyekt bo'lishi mumkin. Misol uchun vebsayt, mobil dastur, kitob, konditsioner, mashina va h.k.
Yuqoridagilarni har birini bajarish uchun maxsus strategiyalar ishlab chiqilgan.
Ba'zi dizaynerlar UI va UX alohida soha deyishsa, ba'zilari ikkisi bir soha deyishadi. Men esa, UI bu UX ning bir qismi degan fikrga qo'shilaman. Chunki har bir UI elementida UX ham bor, biroq barcha UX jarayonlarida ham UI aralashmaydi.
Siz nima deb o'ylaysiz?
👉 @devfarhod
Post #192
1.17K
