MOTIVATSIYA bu AXLAT
Muvaffaqiyat qozonish uchun yetishmayotgan yagona narsa bu motivatsiya deb o'ylasangiz.
Bu XATO!!!
Bizning miyyamizda yashab qolishimiz uchun bizni xavf-xatar, qiyinchilik, qo'rquvdan saqlab turuvchi bo'lim mavjud.
Kasbingiz ustasi bo'lish qiyin, jismoniy chiniqish qiyin. Yuqoridagilar qiyin vazifa, shu sababli miyyangiz bu ishlarni bajarishdan sizni saqlaydi.
Motivatsiya kelganda esa, miyyangiz bu ishlarga qiyinchilik deb qaramaydi, aksincha qiziqarli mashg'ulot sifatida qaraydi.
Biroq motivatsiya uzoq davom etmaydi. Biroz vaqt o'tgach ichingizdagi motivatsiya olovi so'nadi.
Kuchli insonlarga motivatsiya kerak emas, ular intizomga tayanishadi. Intizom sizni muvaffaqiyatga erishtirishi kafolatlangan. Shunday ekan motivatsiya qidirish o'rniga, intizomli bo'lish sirlarini o'rganing. Bu mahoratni o'zlashtirsangiz, boshqa hamma narsani uddalay olasiz.
P.S: O'zim ham intizomli emasman, biroq qayta va qayta o'zlashtirishga harakat qilmoqdaman. 😉
👉 @devfarhod
Post #191
1.12K
