MVP - Minimum Viable Product
Katta proyektlarni yaratishda uchraydigan qiyinchiliklardan biri proyektning barcha xususiyatlari rejasini bir vaqtda tuzish.
Shu kabi vaziyatda MVP - minimum ishlatsa bo'ladigan xususiyatlarni birinchi reja qilib, ularni tugatgach, davomli yangi xususiyatlarni qo'shib borish samarali uslub hisoblanadi.
Bu uslubdan ko'plab IT korxonalar foydalanadi. Misol uchun Telegram jamoasi proyektning boshida eng zarur xususiyatlarni reja qilishgan, bu MVP. Telegram - da "video chat" imkoniyati yaqinda qo'shildi, bu yangilanish.
Proyektni davomli rivojlantirib borish uchun Agile proyekt boshqaruvi uslubining SCRUM freymvorkidan ko'p foydalaniladi.
P.S: SCRUM haqida keyingi postda yozaman.
👉 @devfarhod
Post #186
1.49K
