Shogirdim 2 oy tayyorgarlik ko'rib ishga joylashdi.
Bugun Bekzod ismli shogirdim xushxabar bilan qo'ng'iroq qildi. Aytishicha "Novalab" nomli "outsourcing" bilan shog'illanuvchi IT korxonaga ishga joylashipti.
Bekzod bilan birinchi marta 10 - dekabrda "RedFox" da darslarni boshlagan edik. Ayrim sabablarga ko'ra, men bir oydan so'ng "RedFox" dan ketdim.
Shu bilan mart oyidan boshlab, yakka tartibda darslarni boshladik. Oradan ikki oy o'tib, bugun Bekzod ishga joylashdi. 😎🎉
Bugun Bekzodga bergan bir maslahatim yodimga tushib ketdi. "Imposter sindromini yenging va ishlarga topshirib ko'ravering. Ishga kirish siz o'ylagandek qiyin emas" - degan edim. Rosti shu gaplarni aytayotganimda, o'zimda ham ikkilanish bor edi. Lekin shu sindrom tufayli o'zim ko'p imkoniyatlarni qo'ldan boy berganimni hisobga olib, har bir o'quvchimga yuqoridagi fikrni singdirishga harakat qilaman.
Bekzodga kariyerasida omadlar tilab qolaman. 👏 O'zi istaganidek tez orada Googleda dasturchi bo'lib ishlash nasib etsin. 😎💪
👉 @devfarhod
Post #182
1.02K

- ⚡ 1