Manga kimdir eshikni ochib berishidan hechqanday foyda ko'rmayman, lekin bir narsani tushunish kerak.
Man misol uchun $80-100 lik kafega boryabman ovqatlangani. Shu payt girgitton manga nomdor osh markazidagidek xizmat ko'rsatmasligi kerak. Sababi undayam bundayam ketadigan mahsulot bir xil, lekin man sifat uchun boryabman. O'sha kun qandaydir muhim kundir manga, yoki shunaqa experience olmoqchidirman. Balki yaxshi choychaqa puli qoldirarman. O'zi odatda 20% ($20 atrofida bitta o'rtacha chekdan) oladi qimmat kafedagi girgittonlar.
Endi, man $3-4 qimmatga biznes taksi chaqiryabmanmi, taksining nomi: "business class" bo'lgandan keyin, o'sha biznes klass standartlariga amal qilishimiz kerak. Toshkentdagi 90% taksi biznesda ham hozir chamadonimni avtomobil yukxonasiga solishimga hechbo'lmasa mashinadan tushib, yukxonani ochib bermaydi. Bir kuni Rigadan Toshkentga to'g'ridan to'g'ri reysda uchib kelayotgandim. Uyimdan airportga Boltdan standart tarif chaqirdim. Bir oyog'i yo'q driver kelishdi. Yoshlariyam katta. Qo'limdagi chamadonni ko'rib, mashinadan tushib yukxonaga solishga yordamlashaman deb asosini olib turgandi, "qo'yaver, o'zim solaman" - dedim. Shu reysda uchib kelib, Toshkentdan biznes taksi chaqirdim. Bitta aka keldi. Qo'limda chamadon, aka ko'rib qarab turibdi. "yukxonani ochmaysizmi?" - desam, "tugmasini bossang ochiladi" - dedi. "okay" - dedimda, bekor qilib, boshqa taksi chaqirdim.
Aytmoqchi bo'lganim, agar bu narsani or-nomus masalasi deb o'ylasangiz, boshqa ish qilsa ham bo'ladi. Qo'l qo'yib biznes taksida ishlashni boshladingizmi, biznes taksi qoidalari va standartlariga amal qiling :)
Post #8484
1.19K
🍇 Dasturchining kundaligi Manga nega taksi qiyin topishini ba’zan tushunaman. Kamida 150 ta driverga 1 baho qoʻyganman. Svetafordan qizilda oʻtsa yoki odamga yoʻl bermasa. Odatda comfort plus + biznes chaqiraman. Dunyoda shuncha app ishlatgan boʻlsam eng service darajasi rasvosi Yandex.
- 🔥 34
- ❤ 3
- 💯 3