“Hamma o‘z o‘rnini bilsin”. Turkiya va Ozarbayjon munosabatlariga darz ketdimi?
“Bir millat, ikki davlat”, Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyev tomonidan ilgari surilgan mazkur tamoyil yillar davomida Anqara hamda Boku munosabatlarini belgilab berdi. Bu ikkisi iqtisoddan tortib harbiy sohaga qadar chuqur hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdi. Ammo kutilmaganda munosabatlarga darz ketdi. Bunga Ozarbayjon maktablarida hijob o‘rashga qo‘yilgan taqiq va Bokuning Isroil bilan munosabatlari sabab bo‘ldi. Hatto Aliyev Turkiyani bilvosita tanqid qilib, uning mamlakati tashqi yordamga muhtoj emasligini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717759/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Post #33252
53
