Toshkentda kuzatuv kamerasini sindirgan ikki yigit 3 sutkaga qamaldi
Chilonzor tumanida uch nafar yigit ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagidagi yuzni tanib oluvchi kameraga shikast yetkazish bilan bog‘liq holat yuzasidan aniqlandi. Ularning ikki nafari spirtli ichimlik taʼsirida bo‘lgan.
Sud qarori bilan ikki yigitga uch sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Voyaga yetmagan uchinchi shaxs bo‘yicha esa tegishli komissiyaga taqdimnoma kiritildi.
@daryo_live
Post #148274
11.7K