Neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari, konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi
Hozir Ozarbayjonning Socar va Buyuk Britaniyaning British Petroleum kompaniyalari bilan Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Xorijlik hamkorlarga taklif qilish uchun boshqa hududlarda yana 128 ta blok tayyorlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularda 5 trillion 800 milliard kub metr gaz va 560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari mavjud. Ushbu imkoniyatlarni o‘zlashtirishda raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon bo‘ladi.
@daryo_live
Post #148218
10.8K
