Sankt Peterburgda xorijliklar beshta sohada ishlashi taqiqlandi
Shahar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ishlashga patenti bo‘lgan xorijiy fuqarolarga tibbiyot, sartaroshlik, kosmetologiya, chakana savdo va jismoniy tarbiya sohalarida ishlashga ruxsat berilmaydi. Tegishli cheklov 2026-yilning oxirigacha amal qiladi.
Taqiq Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar (Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston) fuqarolariga hamda ishlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijliklarga taalluqli emas.
@daryo_live
Post #148207
4.13K
