Sergeli tumanida 1,7 gektar maydonda sun’iy ko‘l qurilmoqda
Ko‘l atrofidagi 5 gektar maydonda sayr, yugurish va velosiped yo‘lakchalari, bolalar maydonchalari, o‘rindiqlar va barbekyu zonalari barpo etiladi. Hozirda konstruksiyani armaturalash va mustahkamlash, shuningdek, ko‘lni saqlab turuvchi himoya devorni shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
Hududda kanallar va suv oqimlari bo‘lmagani sababli, sun’iy ko‘lni to‘ldirish uchun suv yerosti quduqlaridan olinadi.
@daryo_live
Post #148156
10.8K
