Toshkentda 15-oktyabrga o‘tar kechasi havo sifati yomonlashdi
14-oktyabr kuni soat 22:00 dan keyin havodagi mayda zarrachalar miqdori ortib, ayrim kuzatuv stansiyalarida havo sifati “nosog‘lom” darajaga yetdi. Bunga haroratning pasayishi, shamolning kuchsizligi va harorat inversiyasi sabab bo‘lgan.
Mutaxassislarga ko‘ra, bunday holat hafta oxirigacha tungi va ertalabki soatlarda qisqa muddatga takrorlanishi mumkin.
@daryo_live
Post #148137
11.4K