Isroil bosh vaziri 27-oktyabrda o‘tadigan parlament saylovigacha harbiylarni to‘qnashuvga chorlayotgani haqidagi ayblovlarga munosabat bildirdi.
“Bu bizga to‘g‘ri kelmaydi, buning hech qanday yaxshi tomoni yo‘q. Hatto Eron bizga raketalar uchirsa ham, ular baribir meni ayblashadi”, dedi u o‘zining siyosiy raqiblariga qarata.
Shu bilan birga, Netanyaxu agar Isroilga hujum qilinsa, munosib va kuchli javob qaytarilishini yana bir bor eslatib o‘tdi.
@daryo_live
