Pashinyan Ozarbayjonga yer almashishni taklif qildi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ikki davlat o‘rtasidagi anklav va eksklavlar masalasini hal qilish uchun chegaralarni o‘zgartirish tashabbusini ilgari surdi.
U maydoni bir-biriga yaqin hududlarni almashish, ikki davlat o‘rtasidagi barcha transport yo‘llarini ochish va o‘zaro hududiy da’volardan voz kechishni taklif qildi.
“Yerevan va Boku barcha masalalarda, jumladan Qorabog‘, Gardian, Shirman, Naxichevan yoki G‘arbiy Ozarbayjon bo‘yicha ham bir-birini tinch qo‘yishi kerak”, dedi Pashinyan.
@daryo_live
Post #148113
11K