Shvetsiyalik faol Sen-Deni shahridagi Pol Elyuar o‘rta maktabiga tashrif buyurdi. Uning aytishicha, u yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan, chunki hozir aynan ular butun dunyoga o‘z huquqlarini qanday himoya qilish kerakligini ko‘rsatmoqda.
“Ular boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda”, dedi Tunberg.
Fransiyada o‘quvchi va talabalarning namoyishlari sentyabr o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Unda o‘qituvchilar, ota-onalar va kasaba uyushmalari ham qatnashmoqda. Namoyishchilar o‘qituvchilar yetishmovchiligi, sinflarning to‘lib ketgani va maktablar ahvoli bilan bog‘liq muammolarni hal qilishni talab qilmoqda.
@daryo_live