Rossiyada ayrim mehnat muhojirlari rus tili imtihonidan ozod etilishi mumkin
Bu Rossiyaning maxsus hududlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarda ishlash uchun ruxsatnoma olgan xorijliklarga taalluqli boʻlishi aytilmoqda. Ushbu hududlar, asosan, Uzoq Sharq va Arktika mintaqalarida joylashgan.
Amaldagi tartibga koʻra, chet elliklar ish ruxsatnomasini olish uchun, odatda, rus tilini bilishi, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslaridan xabardorligini tasdiqlashi kerak. Yangi qonun loyihasi esa imtihondan ozod etiladigan xorijliklar roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutadi.
@daryo_live
Post #148062
11.7K
