O‘zbekistonda birinchi marta “Qurilishga tayyor yer” mexanizmi joriy etildi
Yangi tizim orqali barcha tayyorgarlik ishlari va ruxsatnomalar yer auksionga qo‘yilishidan oldin rasmiylashtiriladi. Tadbirkor auksionda g‘olib bo‘lgach, qo‘shimcha hujjat yig‘masdan va kelishuvlardan o‘tmasdan barcha hujjatlarni avtomatik tarzda oladi.
Hozirda qurilishda ruxsat olish 9 bosqichdan iborat bo‘lib, o‘rtacha 90–120 kun talab etadi. “Qurilishga tayyor yer” mexanizmida esa bu jarayon 7–15 kunni tashkil qiladi.
📌 Qurilishga tayyor bo‘lmagan yerlarni auksionga chiqarish taqiqlanadi, jarayonlar esa shaffof va qisqa muddatlarda amalga oshiriladi.
@daryo_live
Post #147934
12.4K
