Rossiyada dron hujumlari sababli “Yandex” va “Gazprom” obyektlarida yongʻin chiqdi.
ASTRA ma’lumotlariga ko‘ra, Ryazan viloyatining Sasovo shahrida “Sasta” zavodi hududida yong‘in yuz bergan. Zavod hududida “Yandeks” kompaniyasining data-markazi joylashgan. Hujumdan so‘ng kompaniya Yandex Cloud xizmatida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar yuz berganini ma’lum qildi. Nosozliklar Rossiyadagi qator saytlarga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Boshqirdistonda esa Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash va neft-kimyo korxonalaridan biri — “Gazprom neftexim Salavat” majmuasi hujumga uchragan bo‘lishi mumkin.
@daryo_live
Post #147881
12.6K
