“Men kimning koʻngliga ozor bergan boʻlsam butun qalbim bilan ulardan uzr soʻrayman. Oilamdan, farzandlarimdan va jamiyatdan uzilib qolishim menga katta jazo boʻldi.
Men sizlardan rahm-shavqat soʻramayman. Men faqat adolat soʻrayman. Oʻn bir oy ichida yozmagan joyim qolmadi. Ammo men taslim boʻldim. Hukm qonun tilida yoziladi, u qancha puxta yozilmasin oddiy odamlar uni adolatli yoki adolatsiz boʻlganini sezadi. Adolatsizlikni yosh bola ham anglaydi. Hukm qonun tarozisida emas, vijdon tarozisida ham tortilishini soʻrayman. Men adolatga ishonaman”, — ayblanuvchi Sanjar Karimovning suddagi soʻnggi soʻzidan.
@daryo_live
