Yaqin Sharqdan neft eksporti urushdan oldingi ko‘rsatkichlardan oshib ketdi
Kema harakatini kuzatuvchi Kpler kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqadan xom neft eksporti 24-sentyabrda va 27–29-sentyabr kunlari urushdan oldingi darajadan o‘zib ketgan. Bu davrda eksport miqdori kuniga 19,5 va 22,5 million barrelni tashkil etgan.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanishidan oldin — 2025-yil martdan 2026-yil fevral oyigacha eksport miqdori kuniga o‘rtacha 18 million barrelga teng edi.
Shunga qaramay, Hormuz bo‘g‘ozi va uning atrofida tankerlarga hujum qilish holatlari davom etmoqda.
@daryo_live
Post #147792
13.1K
