Estoniya Rossiya chegarasi yaqiniga qo‘shin joylashtiradi
Mamlakat Rossiya hujum qilgan taqdirda, unga javob zarbalarini yollash imkoniyatini oshirmoqchi.
Hozirda Estoniya quruqlikdagi qo‘shinlarining asosiy jangovar kuchi bo‘lmish 1-piyoda brigadasi shtabi Tapa shahrida joylashgan. U Rossiya chegarasidan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi Yixvi shahriga ko‘chirilmoqda.
Narva shahrida esa 200 ga yaqin harbiy xizmatchi joylashadigan yana bir baza qurilmoqda.
@daryo_live
Post #147782
9.18K
