Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.
“Bizga mana shunday unutilmas g‘alabalarni taqdim etgan barcha sportchilarimizga, ularning ota-onalariga, oltinga teng maslahat va ko‘rsatmalari bilan ulkan zafarlarga munosib hissa qo‘shgan jonkuyar ustoz va murabbiylarga, atletlarimizni doimo qo‘llab-quvvatlab turgan ko‘p sonli muxlislarga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik izhor etaman”, deyiladi tabrikda.
@daryo_live
