Fundamental fanlar o‘qituvchilari uchun rag‘batning yangi tizimi joriy etiladi.
🔹Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanadi,
🔹har yili 208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga 30 million so‘mdan mukofot beriladi;
🔹yana 1 ming o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘taydi;
🔹kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi;
🔹xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplanadi;
🔹Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa oladi.
@daryo_live
