Samolyot Saudiya Arabistoniga xavfsiz qo‘ndi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda signal samolyot bortidagi janjal tufayli berilgan bo‘lishi mumkin. Samolyot pastlayotgan paytda ekipaj avval 7700 kodini yuborgan. Bu kod umumiy favqulodda vaziyat yuz berganini anglatadi. Keyin esa 7500 kodi yuborilgan — bu noqonuniy aralashuv yoki samolyotni olib qochishga urinish kabi holatlarni bildiradi. Samolyot bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning 100 ga yaqini Isroil fuqarolari ekani aytilmoqda.
@daryo_live
Post #147593
11.7K