❗️O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi taklif qilinmoqda
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash yoki unga nisbatan boshqa og‘ir jinsiy jinoyatlar sodir etganlarga uzoq muddatli yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka va jazoga tortishda muddat o‘tganligi qo‘llanmasligi taklif etilmoqda.
@daryo_live
Post #147545
11.5K