Qutlovda har bir shaxmatchining gʻalabaga qoʻshgan hissasi eslab oʻtilgan.
“Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, koʻpmillatli xalqimizga muborak boʻlsin!
Mana shu gʻoyat hayajonli onlarda 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuchli va mashhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar ishtirok etgan murosasiz bellashuvlarda koʻrsatgan aql-zakovatingiz, yuksak irodangiz, mahorat va jasoratingiz uchun butun el-yurtimiz, dunyo shaxmat jamoatchiligi sizlarga tasannolar aytmoqda.
Sizlar – Yangi Oʻzbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi, gʻururlanadi”, deyiladi tabrikda.
@daryo_live