Nodirbek Yoqubboyev va Ihor Samunenkov partiyasida durang qayd etildi
Shaxmat olimpiadasi doirasida O‘zbekiston hamda Ukraina terma jamoalari o‘rtasida kechayotgan uchrashuvda dastlabki partiya o‘z nihoyasiga yetdi.
Nodirbek Yoqubboyev ukrainalik Ihor Samunenkovga qarshi dona surib, murosaga keldi. Hozircha jamoalar o‘rtasidagi umumiy hisob — 0,5 : 0,5.
Ma’lumot o‘rnida, Yoqubboyev musobaqa davomida o‘tkazilgan 10 ta o‘yinda jamoa hisobiga jami 7,5 ochko keltirdi. Hozirda qolgan doskalardagi bahslar davom etmoqda.
@daryo_live
Post #147470
14.8K
