TGViewer
Daryo — LIVE Daryo — LIVE @daryo_live · 58.8K subscribers
Post #147320 10.2K
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijondagi muloqot chog‘ida kecha bir ayol bilan bo‘lgan suhbatni esladi:

“Oddiy bir ayol ko‘z yoshi bilan: “Janob Prezident, Rossiyada ishlab yurganman, necha yillardan beri. Ikki nafar farzandim bor, ona bo‘lib o‘zim tarbiyalayapman”, dedi.

Uning ko‘zida nur bor edi. Menga aytgan birinchi gapi — “Bu yerda daromadim ancha yuqori”, degani bo‘ldi”, — dedi davlat rahbari.

Prezidentni yana bir jihat xursand qilganini aytib, ayolning ikki farzandidan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirganini ta’kidladi.

“Men undan: “Besh yil oldin farzandingiz o‘qishga kirishiga ishonarmidingiz?” deb so‘radim. Butun zal “Hech qachon bunday bo‘lmagan”, deb javob berdi.

Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?” — dedi Shavkat Mirziyoyev.


@daryo_live
More from @daryo_live
  1. Sep 24, 2026Netanyaxu Buyuk Britaniya va Fransiyaga qarata shunday dedi: “Ular Isroilni — mittigina Is…
  2. Sep 24, 2026Netanyaxu Golan tepaliklari Suriyaga emas Isroilga tegishli ekanini aytdi ”Janob ash-Shara…
  3. Sep 24, 2026Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi ”14 yil oldin men shu minbarida turib, Ero…
  4. Sep 24, 2026Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda ko‘p…
  5. Sep 24, 2026Nyu Yorkliklar Netanyaxuning tashrifiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. @daryo_live
  6. Sep 24, 2026Kaspiy dengizida suv oqizib ketishi oqibatida halok bo‘lgan qozog‘istonlik harbiylar soni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →