Tramp so‘nggi daqiqada husiylarga zarba berishni bekor qildi
AQSH prezidenti o‘tgan dam olish kunlari Yaman husiylariga havo hujumlari uyushtirish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, biroq so‘nggi lahzada operatsiyadan voz kechgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon yana Trampdan yordam so‘ragan. Shundan so‘ng prezident Pentagonga zarbalarga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan.
Biroq shanba kuni kechqurun Oq uy harbiy harakatlarni amalga oshirmaslikka qaror qilgan. Bunga Yaqin Sharqdagi mojaro geografiyasini kengaytirishni istamaslik sabab bo‘lgan.
@daryo_live
Post #147179
14.4K
