TGViewer
Daryo | Rasmiy kanal Daryo | Rasmiy kanal @daryo · 517K subscribers
Post #137878 57.5K
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌Bugungi kunda dunyo chuqur geosiyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda, yangi tahdid va xatarlar paydo bo‘lmoqda. Bu vaziyat yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilishni talab etadi;

📌Har qanday nizo va kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilishi zarur;

📌“Biz Yaqin Sharqdagi qarama-qarshilik va G‘azodagi gumanitar vaziyatni katta tashvish bilan kuzatib boryapmiz. Ushbu mintaqada tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tarafdorimiz”;

📌OHIChKning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish, o‘zaro uyg‘un va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan harakatlar, majburiyatlarni bajarish asosidagi munosabatlarning barqaror tizimini yaratish bo‘lishi kerak;

📌Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, unda Kengashni uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, davlatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash taklif etildi;

📌Texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi;

📌Iqlim barqarorligi sohasida sheriklik qilish bo‘yicha tashabbus taklif qilindi. Bu suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etish, “yashil” energetikani rivojlantirish va atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish imkonini beradi;

📌O‘zbekiston Kengashning Inson mezoni bo‘yicha koordinatori sifatida ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda va kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forumni o‘tkazishga tayyor;

📌O‘zbekiston OHIChKning tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash va uning nizomini takomillashtirish borasidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ilgari surilayotgan tashabbuslar o‘zining amaliy ijrosini topishi muhim.


Batafsil — https://daryo.uz/p/717915/

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
More from @daryo
  1. Oct 15, 2026O‘zbekistonda 2027-yildan arxiv hujjatlari ekspertizasiga sun’iy intellekt joriy etiladi S…
  2. Oct 15, 2026Qirgʻizistonda prezidentlikka daʼvogarlardan ikki nafari davlat tili imtihonidan oʻta olma…
  3. Oct 15, 2026Shavkat Mirziyoyev Vyetnam vitse-prezidenti bilan uchrashdi Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻza…
  4. Oct 15, 2026O‘zbekistonda taksi narxlari bir necha barobarga oshgani yuzasidan o‘rganish boshlandi Raq…
  5. Oct 15, 2026Noutbuk, televizor yoki changyutgich — qaysi biri sizniki bo‘ladi? 🎁 “Daryo”dagi konkursn…
  6. Oct 15, 2026Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi Muloqot davomida birgalikdag…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →