Bekobodda ko‘chma maishiy xizmat shoxobchasi yo’lga qo’yildi
Bekobodning Farhod mahallasida ko‘chma maishiy xizmat shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Bu yerda tikuvchilik, poyabzal va velosiped ta’mirlash, pichoq va boltalarni charxlash xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Shoxobchada tikuvchi Oygul hamda 2016-yildan buyon II guruh nogironi bo‘lgan Oybek mehnat qilmoqda.
“Oyoqlarim ishlamasa, qo‘llarim ishlaydi. “Nogironman” deb o‘tirish maqsadim emas. Maqsadim — ishlash”, deydi Oybek.
Instagram | Facebook | YouTube
Reklama
Post #137006
45.7K