Markaziy bank tasdiqladi: Anorbank faoliyati barqaror
Anorbank ijtimoiy tarmoqlarda aksiyadorlaridan biri haqidagi xabarlar bank faoliyatiga aloqador emasligini ma’lum qildi. Bu aksiyadorning shaxsiy masalasi bo‘lib, bank kapitali, boshqaruvi va operatsion jarayonlariga ta’sir qilmaydi.
Markaziy bank Anorbank’da barcha jarayonlar joyida ekanini, omonat, kredit va to‘lov xizmatlari uzluksiz davom etayotganini tasdiqladi. Regulyator bu holat bankning kundalik faoliyatiga ta’sir etmasligini bildirdi.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Post #137001
65K
