🦁 CYBERKENT 4.0: «CTF Master» musobaqasida ishtirok etgan jamoalar taqirlandi
Joriy yilning 5–6-oktabr kunlari o‘tkazilgan CYBERKENT 4.0 musobaqasining «CTF Master» yo‘nalishida respublikaning turli hududlaridan jamoalar ishtirok etib, kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa yakunida, yuqori natija qayd etgan hamda faol ishtirok etgan jamoalar munosib taqdirlandi.
📌 Ma’lumot uchun, avval xabar berganimizdek, «CTF Master» musobaqasi Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati, Samarqand, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlarida tashkil etilgan maxsus maydonlarda o‘tkazildi.
📱 @csclubuz 🌐 Veb-sayt







