⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH!
Diqqat! Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston davlat tashkilotlari va strategik infratuzilmalariga oid ma’lumotlarni yashirin ravishda to‘plashga qaratilgan zararli dasturi tarqalayotgani aniqlandi.
So‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat tashkilotlariga zararli dasturlar, asosan fishing xabarlar orqali tarqatilayotgani aniqlandi.
Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu zararli tarmoq faoliyatiga aloqador IOC (Indicator of Compromise) ma’lumotlari aniqlanib, Markazning tashkilotlar o‘rtasida kibertahdid ma’lumotlarini almashish uchun mo‘ljallangan platformasiga muntazam ravishda kiritib borilmoqda.
✅Batafsil
🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱Instagram
Post #2683
5.9K
- ❤ 20
- 🔥 7
- 🏆 2
- 👾 2