TGViewer
CS2 SKINS | UZBEKISTAN 🇺🇿 CS2 SKINS | UZBEKISTAN 🇺🇿 @cs2uz · 3.09K subscribers
Post #740 587
😀 CS2’GA 4,7 GB HAJMDAGI KATTA YANGILANISH CHIQDI!

🔥 YANGILIKLAR:

🏆 PREMIER
• Xarita tanlash tizimi yangilandi. Endi jamoalar o‘ynashni xohlagan va yaxshi o‘rgangan xaritalarini tanlash imkoniga ega.

• Xarita tanlash tartibi:
— 1-jamoa 1 ta xaritani tanlaydi
— 2-jamoa 2 ta xaritani tanlaydi
— 1-jamoa yakuniy xaritani tanlaydi
— 4 ta xaritadan biri tasodifiy tanlanadi va match boshlanadi


⚡️ RUSH
Rush — navbat asosidagi, 3 ga 3 formatdagi dinamik rejim.

O‘yinchilar bir nechta jangovar arenalarda kurashib, raqib qal’asiga yetib borishlari va matchda g‘alaba qozonishlari kerak.

Arenalar har bir match uchun tasodifiy tanlanadi, shuning uchun ikkita bir xil match bo‘lmaydi.

Dushman jamoasini yo‘q qilganingizda yoki vaqt tugaganda minorani egallab, raundda g‘alaba qozonasiz.


🎮 GamePlay
• Endi reload tugmasini bosib ushlab turish orqali qurolni ovozsiz, ammo sekinroq qayta o‘qlash mumkin.f

• Snayper qurolida nishondan chiqqanda endi o‘q ovozi eshitilmaydi.

• O‘q izlari tasvirining aniqligi va ko‘rinishi yaxshilandi.

• ammo_grenade_limit_total parametri endi bir raundda sotib olish mumkin bo‘lgan granatalarning umumiy sonini ham cheklaydi.

• Tovuqlar endi Zeus x27 hujumidan zarar oladi. 🐔


🎯 SOZLAMALAR
• Avtomatik nishonga olish funksiyasi yangilandi — endi ekran resolution’iga bog‘liq emas.

• Sozlamalar menyusiga yangi «Nishon» bo‘limi qo‘shildi.

• Yangi crosshair uslublari qo‘shildi.

• Standart crosshair «Dynamic Quadrilateral»ga o‘zgartirildi. U otish aniqligini yaxshiroq ko‘rsatadi


🔥 ENGINE
• Source 2 engine kodi eng so‘nggi versiyaga yangilandi


👑 XARITALAR
Ancient
• Long A asosiy zalidagi xarita geometriyasidagi teshiklar tuzatildi.
• Eshiklar geometriyasi va Jaguar ichidagi granatalarning ko‘rinishi bilan bog‘liq muammo tuzatildi.

Cache
• Markaziy qismdagi ko‘k eshiklar atrofidagi bo‘shliqlar va teksturalar bilan bog‘liq muammolar tuzatildi.

Mirage
• A plant hududidagi balkon tayanchlari mustahkamlandi.

Train
• A plant hududidagi qutilardagi pixel gap yopildi.


⚙️ BOSHQA O‘ZGARISHLAR
• Steam Community guruhlariga a’zo bo‘lgan o‘yinchilar uchun «Clan Tag» qo‘yish imkoniyati qo‘shildi.

• Endi C4 bombaga sticker yopishtirish mumkin. 🎬

• Starjunk 95: Industrial Sunset Memories Music Kit standart va StatTrak versiyalarida Store’da sotuvga chiqdi.

• Match tanaffusidagi scoreboard statistikasi endi oldingi raund natijalarini to‘liq aks ettiradi.

• O‘yinchi matchdan chiqarib yuborilganda ban olishdan qochish imkonini bergan xatolik tuzatildi.


► Bizni ijtmoiy tarmoqlar
🌐CSavdo - 🌐YouTube - 🌐Instagram
  • ❤ 3
More from @cs2uz
  1. Sep 27, 2026🎬 AWP bilan 0.0067%lik NO-SCOPE 💀 ⚜️ Skin sotmoqchi / omoqchi bo'sela SKINSAVDO saytiga…
  2. Sep 27, 2026🔍 RUSH REJIMINING YANGI XARITALARIDA HALI HAM TUZATILISHI KERAK BO‘LGAN JOYLAR BOR — Lill…
  3. Sep 26, 2026🇺🇿 CS2 SKININGIZNI SO‘MGA AYLANTIRISHNING OSON YO‘LI BOR 👀 - Ko‘pchilikda inventarda yo…
  4. Sep 26, 2026😍 STEAM WORKSHOP’DAGI ENG CHIROYLI DIGL — Desert Eagle | SAKURA OATH 9 ❤️ — IMBA 👎 — UNC…
  5. Sep 26, 2026😀 GARAJ UCHUN ENG TEZKOR SMOKE Odatda bu smoke’ni hamma Connector’dan qo‘lda tashlaydi. A…
  6. Sep 25, 2026🎉 GIVEAWAY BOSHLANDI! 🎉 🎁 Sovrin: 15 ta Dota 2 🎁Qimmatbaho Ekskluziv Skinlar 15 ta🤯 �…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →