📢 Viza uchun ariza topshiruvchilar diqqatiga!
Iltimos, uchrashuv vaqtini band qilishda maʼlumotlaringizni diqqat bilan tekshiring:
- Kiritilgan maʼlumotlar pasportingizdagi maʼlumotlarga mos keladimi?
- Sayohat maqsadi toʻgʻri koʻrsatilganmi?
- Telefon raqamingiz toʻgʻri kiritilganmi?
⚠️ Eslatib oʻtamiz: Elchixona topshirigʻiga koʻra, TLScontact xizmat koʻrsatish markazi faqat roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari pasportdagiga toʻliq mos kelgan shaxslarnigina qabulga kiritadi.
📄 Sayohat maqsadi ham toʻgʻri tanlangan boʻlishi kerak. TLScontact markazi xodimlari sizning maʼlumotlaringizni oʻzgartira olmaydi.
🗓️ Shuningdek, elchixona bora olmaydigan uchrashuv vaqtingizni boshqalar foydalana olishi uchun o’z vaqtida bekor qilishingizni soʻraydi.
Post #1083
4.6K





