💻 Diplomsiz dasturchi boʻlish mumkinmi?
Dasturchi boʻlish
yaxshi oylik maosh, masofadan ishlash imkoniyati va
qiziqarli ish boʻlganligi uchun hozirgi vaqtda juda yaxshi kasb sanaladi. Bu kasb boʻyicha eng keng tarqalgan savollar,
“Dasturchilarga diplom kerakmi?”, “Katta kompaniyalarga diplomsiz kirsa boʻladimi?” kabilardir.
Dasturchi boʻlish uchun kerakli bilimlarni olish yoʻllari koʻp:
universitet, onlayn kurslar/maqolalar va
bootcamp'larga borish orqali. Har qanday sohada mutaxassis boʻlish uchun universitetga borish shart emas, bunga koʻp misollar topsa boʻladi. Shuningdek dasturchi boʻlish uchun ham universitetga borish shart emas.
🎓 Ammo maʼlumotlarga koʻra, katta texnologik kompaniyalardagi
75% ga yaqin dasturchilar kamida
bakalavr darajasini olishgan.
Shunday ekan, siz tanlagan universitet sizga kerakli bilimlarni bersa, sizni talabingizni qondirsa oʻqish optimal usul. Agar siz tanlagan universitet yaxshi bilim bermasa, boshqa kurslardan bilim olish kerak. Universitetga esa,
diplom va muhit uchun borgan afzalroq.
@colearninguz