🤩 Shov-shuvga aylangan rebrendinglar
Rebrending - bu tashkilot korporativ imidjini o'zgartirish jarayoni. Rebrending brend uchun bozorda raqobatchilardan farqli o‘ziga xoslikni yaratishdir. Ushbu jarayonda brendning nomi, logotipi yoki dizayni o'zgartiriladi.
Quyida 2021-yilda rebrendingga qo'l urgan taniqli mahalliy kompaniyalar:
🛒 Korzinka savdo tarmog‘ining rebrendingi kompaniya 25 yilligiga to‘g‘ri keldi. Taktik strategiyasi, maqsadi, logotipi – hammasi o‘zgardi, hatto nomidagi "uz" so'zini ham olib tashladi.
🍀 Agrobank ham rebrending qildi. Yangi logotip yaratildi, rasmning yangi elementlari, mijozlarga xizmat ko'rsatish zalining yangi ko'rinishi, veb-sayti, mobil ilova, qo'shimcha elementlar va individual shriftlar to'liq o'zgartirildi.
📬 O'zbekiston pochtasi rebrendingning bir qismi sifatida logotipini, ranglar palitrasini va nomini UzPost'ga o'zgartirdi.
Nima deb o'ylaysiz, kompaniya muvaffaqiyatga erishishida rebrending qanchalik samarali yo'l bo'ladi?
@colearninguz
Post #355
1.66K




- 👍 14