“Yoshlar, yoshlar” deysiz, yosh boʻlish osonmi? Oʻqish, oʻz ustida ishlash, mehnat qilish, olgʻa yurish, maqsadlarni aniqlab, rejalarni tuzib olish kerak. Eheee, hozirgi shiddatli zamonda tengqurlardan bir pogʻona yuqori boʻlish uchun, tunimizni kunimizga ulaymiz-ku, biz Yoshlar!
Yoʻq, bu aslo yosh boʻlish yomon degani emas. Yoshlik — bu joʻshqinlik, axir. Bugun bizning kunimiz. Toʻgʻri topdingiz “Yoshlar kuni”.
Ushbu bayramda CoLearning Center jamoasi yoshlarga — Wi-fi oʻchib qolmaslikni, rejalar tugamasligini, charchamaslikni, tunlari uyquga vaqt topishni, doimo olgʻa intilishni tilab qoladi.
Rejalaringiz, orzu va maqsadlaringiz amalga oshsin.
Bayramimiz muborak, Yoshlar!
#CLC #Bizning_kun #Yoshlar_2020 #Youth_matter
Biz haqimizda:
Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TG
Post #67
325