💻9 сентября в онлайн-режиме прошел финал конкурса ClimateLaunchpad Uzbekistan-2021.
7 проектов презентовали свои бизнес-идеи в сфере изменения климата судейской коллегии из 4 экспертов.
По итогам презентаций и обсуждения судей, были выбраны 3 лучших проекта.
Наши победители:
1️⃣ Water Solution: ветрогенератор для получения воды из воздуха;
2️⃣ Economic Greenhouse: датчики влажности почвы, температуры и влажности воздуха, для теплиц;
3️⃣ Eco Batteries: переработка и вторичное использование автомобильных аккумуляторов (проект из Джизака).
Поздравляем! Этим финалистам предстоит пройти следующий этап отбора, и 29-30 сентября выступить на региональном конкурсе ClimateLaunchpad🌏, где они будут соревноваться со стартапами из Турции, Израиля, Пакистана и других стран региона.
Мы будем продолжать держать вас в курсе успехов команд, следите за обновлениями!
Поздравляем всех участников и победителей! Все 7 финалистов получат международные сертификаты. Благодарим судей за оценку проектов.
—————
💻9-sentyabr kuni onlayn-rejimda ClimateLaunchpad Uzbekistan-2021 tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.
7 ta loyiha 4 ta ekspertdan iborat hakamlar hay’atiga o‘zining iqlim o‘zgarishi sohasidagi biznes-g‘oyalarini taqdim etdi.
Taqdimotlar va hakamlar muhokamasi yakunlari bo‘yicha 3 ta eng yaxshi loyiha tanlandi.
G‘oliblarimiz:
1️⃣ Water Solution: havodan suv olish uchun shamol generatori;
2️⃣ Economic Greenhouse: tuproq namligi, harorat va havo namligi datchiklari;
3️⃣ Eco Batteries: avtomobil akkumulyatorlarini qayta ishlash va ulardan ikkilamchi foydalanish (Jizzaxlik jamoa loyihasi).
Tabriklaymiz! Ushbu finalchilar keyingi saralash bosqichidan o‘tishi va 29-30 sentyabr kunlari ClimateLaunchpad🌏 mintaqaviy tanlovida chiqishlari lozim, unda ular Turkiya, Isroil, Pokiston va mintaqadagi boshqa mamlakatlarning startaplari bilan musobaqalashadi.
Biz sizni jamoalarning muvaffaqiyatlari haqida xabardor qilishda davom etamiz, yangiliklarni kuzatib boring!
Barcha ishtirokchilar va g‘oliblarni tabriklaymiz! 7 ta finalchining hammasi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ladi. Hakamlarga loyihalarni baholagani uchun minnatdorchilik bildiramiz.
______
ClimateLaunchpad tanlovi O‘zbekistonda Green Business Innovation kompaniyasi tomonidan o‘tkazilmoqda
Post #181
187
ClimateLaunchpad Uzbekistan Photo