#BizZo‘ravonlikkaQarshimiz #Zo‘ravonlikkaQarshi #XavfsizMuhit #HuquqiySavodxonlik #OquvchiSportchilar
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”
Maktabimizda o‘quvchi-sportchilar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida targ‘ibot-tashviqot yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilishda Ixtisoslashtirilgan ta’lim agentligi vakillari Najimov Furqat Farhodovich hamda Po‘latov Nodirxon Fayzullo o‘g‘li, shuningdek, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Mirobod tumani Qo‘riqlash xizmati bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, kapitan Toychiyev Ravshan va kichik inspektor Oralov Sohib ishtirok etdilar.
Tadbir davomida zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, nizoli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda o‘quvchi-sportchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yosh avlodni zo‘ravonlikdan himoya qilish va ular uchun sog‘lom, xavfsiz muhit yaratish — barchamizning umumiy vazifamiz!
Специализированная спортивная школа гимнастики имени Оксаны Чусовитиной
“Мы против насилия”
В нашей школе состоялась профилактическая встреча на тему «Мы против насилия», направленная на предупреждение любых проявлений насилия, повышение правовой грамотности учащихся и формирование безопасной и здоровой среды.
В мероприятии приняли участие представители Агентства специализированного образования — Наджимов Фуркат Фарходович и Пулатoв Нодирхон Файзулло угли, а также сотрудники отдела охраны Мирзо-Улугбекского района при Управлении внутренних дел города Ташкента: первый заместитель начальника отдела, капитан Тойчиев Равшан, и младший инспектор Оралов Собир.
В ходе встречи учащимся были разъяснены вопросы профилактики насилия, защиты прав и законных интересов несовершеннолетних, предупреждения конфликтных ситуаций и соблюдения правил безопасного поведения.
Формирование безопасной среды и воспитание молодёжи в духе уважения, взаимопонимания и ответственности — общая задача общества!
#МыПротивНасилия #БезопаснаяСреда #ПравоваяГрамотность #УчащиесяСпортсмены
Post #3266
349




- ❤ 5
- 🥰 2
- 🤣 1