Assalomu alaykum,
Yil oxirida katta maqsadlar qo‘yamiz. Yanvarda ularni chiroyli qilib yozib qo‘yamiz. Martga kelib esa ko‘pincha nima uchun qo‘yganimizni ham unutamiz.
«Daromadni ikki baravar oshiramiz».
«20 000 dollar jamg‘araman».
«Yangi biznes ochaman».
«Sport bilan shug‘ullanishni boshlayman».
Muammo katta maqsadlarda emas. Muammo - maqsad bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik yo‘qligida. Katta maqsad quyidagi zanjirdan o‘tishi kerak:
Yil → chorak → oy → hafta → bugungi amal.
Biznesda: foydani ikki baravar oshirmoqchisan → bu oy qancha daromad qilish kerak → bu hafta qancha sotish kerak → jamoa bugun aynan nima qilishi kerak.
Shaxsiy hayotda: 20 000 dollar jamg‘armoqchisan → har oy qancha ajratish kerak → bu hafta qancha sarflash mumkin → bugun nimadan voz kechish kerak.
Amalda nima qilish kerak?
- Yil uchun 1–3 ta asosiy maqsadni yozing.
- Har bir maqsadni chorak yakunidagi aniq natijaga aylantiring.
- Bu oy nima amalga oshishi kerakligini belgilang.
- Uni hafta uchun 2–3 ta o‘lchab bo‘ladigan natijaga ajrating.
- Har hafta o‘zingizdan so‘rang: bugun maqsadimga yaqinlashish uchun aynan nima qilishim kerak?
- Hafta oxirida natijalarni raqamlar bilan tekshiring va keyingi qadamni to‘g‘rilang.
Mana shu yerdan haqiqiy ish boshlanadi.
Agar bugun qilayotgan ishingizni yanvar oyida qo‘ygan maqsadingiz bilan bog‘lay olmasangiz, bu reja emas. Bu shunchaki chiroyli istak.
@chiroylimoliya quruq va'dalar
www.mufeed.uz
Post #2323
1.13K
- 👍 11
- 🔥 7