TGViewer
MM "MUFEED MOLIYA" MM "MUFEED MOLIYA" @chiroylimoliya · 6.59K subscribers
Post #2312 1.8K
Assalomu alaykum hammaga ! Faraz Adamning foydali postini tarjimasi

Agar mijozingiz siz unga nima sot'yatganizni aniq tushunmasa, demak, nimadadir allaqachon muammo bor. Islomiy moliyaning eng asosiy tamoyillaridan biri bu rostgo'ylik. Lekin u nima bilamizmi ?

Rostgo'ylik hech qachon marketing shiori bo‘lmasligi kerak — u bozor tamoyiliga aylanishi kerak. Nega?

✅ Rostgo'ylik nizolarni kamaytiradi.
✅ Bitimlardagi ortiqcha to‘siq va noqulayliklarni kamaytiradi.
✅ Bir tomon ikkinchi tomon bilmagan narsadan foydalanib, manfaat ko‘rishi imkoniyatini kamaytiradi.
✅ Va oxir-oqibat, ishonchni shakllantiradi.

Oddiygina mahsulot sotish misolini olaylik. Agar sotuvchi mahsulotdagi nuqsonlarni ochiq aytishi, mahsulotni to‘g‘ri tavsiflashi hamda muhim ma’lumotlarni yashira olmasligi kerak bo‘lsa, muhim bir jarayon yuz beradi. Sotuvchining sifatsiz mahsulotlarni bozorga olib chiqishga bo‘lgan rag‘bati kamayadi.
Bozorda sifatli mahsulotlar ko‘proq aylanadi. Mijozlar yaxshiroq va ongliroq qarorlar qabul qiladi.
Ishonch ortadi.

Natijada butun bozor yutadi.

Islomiy moliya ham xuddi shunday ishlashi kerak:
▪️ Risklar haqida ochiq gapirish.
▪️ Komissiya va to‘lovlarni ochiq ko‘rsatish.
▪️ Narx qanday shakllanganini tushunarli bayon qilish.
▪️ Aktiv kimga tegishli ekanini ochiq aytish.
▪️ Daromad qanday shakllanishini tushuntirish.
▪️ Ishlar kutilganidek ketmasa, nima bo‘lishini ochiq tushuntirish.
▪️ Mijoz aslida nima uchun to‘layotganini aniq ko‘rsatish.

Hatto boshqa bir mahsulot sizga ko‘proq daromad keltirishi mumkin bo‘lsa ham, ushbu mahsulot haqiqatan ham mijozga mos keladimi yoki yo‘qmi — bu borada ham rostgo'y bo‘lish kerak.

Islomiy moliya maksimal darajadagi shaffoflikka intilishi kerak.

Mijoz siz undan qanday daromad olayotganingizni tushunish uchun shartnomani satrma-satr tahlil qilishi, 40 betlik mayda yozuvlarni o‘qishi yoki murakkab moliyaviy formulalarni tushunishi shart emas. U bitimning mohiyatini tushuna olishi kerak:

Menga nima tegishli?
Men qaysi manfa'atni sotib olyapman?
Men nima uchun to‘layapman?
Nega aynan shuncha to‘layapman?
Riskni kim o‘z zimmasiga oladi?
Agar ishlar kutilganidek ketmasa, nima bo‘ladi?

Agar biz bu savollarga aniq va tushunarli javob bera olmasak, o‘zimizga bir savol berishimiz kerak: nega?
Chunki shaffoflik ba’zan bugun bitta bitimdan ayrilishingizga sabab bo‘lishi mumkin.

Ammo noaniqlik va yashirinlik sizga yillar davomida shakllangan ishonchni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Ishonch esa har qanday moliyaviy tashkilot ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng qimmatli kapital shakllaridan biridir.

Islomiy moliya mijoz tushunmaydigan narsadan hech qachon daromad olmasligi kerak.

@chiroylimoliya
  • 👍 16
  • 🔥 6
More from @chiroylimoliya
  1. Sep 22, 2026Nega bizga doim kamdek tuyuladi? Biz doim deyarli bir xil gapni eshitamiz: Yaxshiroq yasha…
  2. Sep 21, 2026JOB ANNOUNCVEMENT Executive Opportunity: Chief Business Officer (CBO) — Open Bank We are h…
  3. Sep 21, 2026@chiroylimoliya noto”g”ri lombard va sherikchilik
  4. Sep 20, 2026Post #2316
  5. Sep 18, 2026Assalomu alaykum, Ko‘pchilik so‘rovnomani to‘ldirdi, rahmat! Lekin mahsulotni siz uchun ha…
  6. Sep 17, 2026MM "MUFEED MOLIYA" pinned a photo
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →