TGViewer
MM "MUFEED MOLIYA" MM "MUFEED MOLIYA" @chiroylimoliya · 6.6K subscribers
Post #2301 2.32K
Boylik daromaddan boshlanmaydi

Yaqinda bir qiziq fikrni eshitib, bir paradoks haqida o‘ylanib qoldim. Ekspert shunday deydi: biznesga qaraganimda, meni hech qachon faqat daromad qiziqtirmaydi.

Kompaniyaning yalpi daromadi 100 mlrd so‘m bo‘lishi mumkin, lekin barcha xarajatlardan keyin 2 mlrd so‘m foyda qolsa, demak, biznes amalda topganining atigi 2 foizini saqlab qolgan. Boshqa biznesning daromadi esa atigi 30 mlrd so‘m bo‘lib, 6 mlrd so‘m foyda olishi mumkin.

Shuning uchun biznesda biz juda yaxshi tushunamiz: faqat qancha topganing emas, qancha qolgani muhim.

Lekin shaxsiy moliyada negadir boshqacha fikrlaymiz. Odatda: “U qancha topadi?” deb so‘raymiz. Deyarli hech qachon: “Topganimdan qancha qismini saqlab qolaman?” deb fikrlamaymiz. Oyiga 30 mln so‘m topib, 28 mlnini sarflash mumkin. Yoki 15 mln so‘m topib, 10 mlniga yashab, qolgan 5 mlnini muntazam ravishda aktivlarga aylantirish mumkin.

Bir necha yildan keyin bu ikki insonning moliyaviy holati mutlaqo boshqacha ko‘rinishi mumkin.

Lekin bundan ham chuqurroq bir masala bor. Muhimi faqat qancha saqlab qolishingiz emas. Muhimi, o‘zingizni yetarli narsaga egadek his qilishingiz uchun (qanoat) sizga aslida qancha kerakligi.

Chunki daromadni ikki barobar oshirish mumkin, lekin u bilan birga ehtiyojlarni ham bir necha barobar oshirib borish mumkin. Shuning uchun men shaxsiy moliyada uchta ko‘rsatkichga qaragan bo‘lardim:

1. Qancha daromad topasiz.
Bu sizning daromad yaratish qobiliyatingiz, ya’ni intellektual kapitalingiz.

2. Qancha mablag‘ni saqlab qolasiz (tejash qobiliyati) va aktivlarga aylantirasiz.
Bu sizning kapital yaratish qobiliyatingiz, ya’ni intellektual kapitalni (teppadigi 1-ni) moliyaviy kapitalga aylantirish qobiliyatingiz.

3. Sizga aslida qancha kerak (qanoat).
Bu esa sizning qanchalik moliyaviy va nafisy erkinligizni belgilaydi.

Va ehtimol, uchinchi ko‘rsatkich dastlabki ikkitasidan ham muhimroq. Chunki boylik faqat sizda qancha borligi bilan belgilanmaydi.

U ko‘p jihatdan sizda qancha borligi va sizga qancha kerakligi o‘rtasidagi masofa bilan belgilanadi.


@chiroylimoliya
  • 👍 36
  • 🔥 16
More from @chiroylimoliya
  1. Sep 26, 2026An’anaviy bank o‘zining islomiy darchasini moliyalashtirishi mumkinmi? Ha, mumkin. Lekin a…
  2. Sep 22, 2026Nega bizga doim kamdek tuyuladi? Biz doim deyarli bir xil gapni eshitamiz: Yaxshiroq yasha…
  3. Sep 21, 2026JOB ANNOUNCVEMENT Executive Opportunity: Chief Business Officer (CBO) — Open Bank We are h…
  4. Sep 21, 2026@chiroylimoliya noto”g”ri lombard va sherikchilik
  5. Sep 20, 2026Post #2316
  6. Sep 18, 2026Assalomu alaykum, Ko‘pchilik so‘rovnomani to‘ldirdi, rahmat! Lekin mahsulotni siz uchun ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →